Jo Bayden koronavirus pandemiyasi tugaganini ma’lum qildi

AQSH Prezidenit Jo Bayden koronavirus pandemiyasi tugaganini ma’lum qildi. Bu haqda CBS telekanalining «60 daqiqa» dasturida aytib o‘tgan.

Dastur davomida boshlovchi Skott Pelli AQSH Prezidentidan «Pandemiya tugadimi?» deb so‘ragan.

«Pandemiya tugadi. Bizda hali ham koronavirus bilan bog‘liq muammo bor. Biz bu masala ustida hali ham qattiq ishlayapmiz. Ammo pandemiya tugadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, hech birimiz niqob taqmaymiz. Hammasi yaxshidek tuyuladi. Shuning uchun vaziyat o‘zgardi deb o‘ylayman», deya javob bergan Jo Bayden.