Marsga tushgan meteoritlarning ovoz signallari aniqlandi

NASAning Mars bilan bog‘liq tadqiqotlari yana bir qadam oldinga siljidi. Mutaxassislar Marsga tushgan meteoritlarning ovoz signallarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Ko‘ktoshlarning paydo qilgan seysmik va akustik tasvirlarini esa o‘z saytida e’lon qildi.

Iyul oyida Marsda zilzila hodisasi yuz berganini aniqlagan “Insight” ning bu galgi omadli yurishi ham tahsinga sazovordir.

Tadqiqotchi Rafayel Garjia, Marsga tushgan kraterlarning joylashuvining ham aniqlanganini alohida ta’kidladi.

Mars haqida yanada ko‘proq bilimga ega bo‘lishni istagan olimlar, sayyoradagi eng nozik darajadagi seysmik qo‘zg‘alishlarni ham aniqlashdan umid qilishmoqda.

Yer yuzidagi singari Marsda ham atmosfera hosil bo‘lganida ishqalanish kuchi bilan olovli to‘pga aylangan ko‘k toshlarning butunlay yonib tugamagan parchalari yerga tushganida seysmik uchqunni paydo qiladi, ya’ni o‘zidan cho‘g‘ sachratadi.