Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-sentyabr kuni «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarishni jadallashtirish toʻgʻrisida»gi 518-sonli qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasi hududida quyosh suv isitish uskunalari, quyosh fotoelektrik panellari, shamol, biogaz, gidroelektr qurilmalari va inshootlarini, elektr energiyasini saqlovchi akkumulyasiya tizimlari va boshqa yordamchi jihoz hamda uskunalarni ishlab chiqarish klaster usulida tashkil etiladi.
Shu munosabat bilan quyosh suv isitish uskunalari va quyosh fotoelektrik panellarini ishlab chiqarishga moʻljallangan “Solar cluster” klasteri ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati ham tasdiqlandi.
Taʼkidlash joizki, klaster doirasida umumiy qiymati 38,7 mln dollarlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi va buning natijasida 500 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi.