Angliyaning botanika bog‘i arxividagi noto‘g‘ri qayd etilgan ulkan nilufarning aslida boshqa nav ekanligi oradan 177 yil o‘tib, olimlar tomonidan kashf etildi. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, boshqa bir navdagi nilufar deb qayd etilgan o‘simlikning yangi turi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
O‘z nomini o‘sgan joyi – Amazonka dengiziga qarashli suv havzasi mavjud bo‘lgan Boliviyadan olgan Viktoriya boliviya, 3 metrdan ortiq barglari mavjudligi bilan dunyoning eng katta nilufari rekordini egallab turibdi. Nilufar bo‘yicha dunyoning yetuk mutaxasislaridan biri Karlos Magdelana, ushbu o‘simlikning anchadan buyon yana ikki xil navi bo‘lmish Viktoriya amazonika va Viktoriya kruzianadan o‘zgacha ekanligini mulohaza qilib yurardi. Fikriga amin bo‘lish uchun o‘simliklarning urug‘larini yonma-yon ekib ko‘rish mumkin degan qarorga keldi.
Buni amalga oshirganda esa ularning turlicha, butunlay bir-biriga o‘xshamasligiga guvoh bo‘lishdi. Karlos bilan birga izlanishlar olib borayotgan botanik Lyusiy Smis, kechayu kunduz tinim bilmasdan bu uch turning chizmalarini chizishga muvaffaq bo‘ldi. Nilufar guli faqat kechasi ochilgani sababli kechasi ham tinmasdan ishlashga to‘g‘ri keldi. “Illustrasiya sifatida men guvoh bo‘lgan farqlarga qo‘shimcha ravishda ularni chizganimda zehnimda nilufarlarning yanada farqli tomonlarini kashf etdim. Balki biroz oshirib yuborayotgandirman, lekin yangi kashf etilgan navning eng go‘zal gullardan biri ekaniga ishonchim komil”,— deydi Smis.
Siz suratda ko‘rib turgan nilufar uyi, turlarni saralash maqsadida 1852 yilda barpo etilgan. 1800 yillarda kashf etilgan ulkan nilufarlar tabiatning mo‘jizasi edi. Bu turga qirolicha Viktoriyaning nomi berildi. Biroq, yangi aniqlanayotgan kashfiyot, nilufarlarning haligacha kutilmagan syurprizlari borligiga ishora qilmoqda. Doktor Aleks Monro “Uch turning hechbiri hali yaxshi o‘rganilgani yo‘q. Hali turlarning va hajmining qanchalik o‘zgarishi mumkinligini bilmaymiz” dedi.