Qashqadaryoda maktabgacha ta’lim bo‘limi mansabdorlari qo‘lga tushdi

Kasbi tumani maktabgacha ta’lim bo‘limining 4 nafar mansabdori qo‘lga olindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida 4 nafar shaxs JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

«Tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Tergovning borishi nazoratga olingan», — deyiladi Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabarida.