AQSH dagi ayrim hududlarda miyani kemiruvchi amyobalar mavjud

Akasiya daraxtlari boshqa daraxtlarga kimyoviy signal yuborish imkoniga ega

1990 yilda Pretoriya universitetidagi zoolog Van Hoven, Janubiy Afrikada 3000 ta antilopadan iborat bir podaning o‘limi sabablarini tekshirib ko‘rdi. “Qudu” deb nomlanadigan antilopa hamda jirafalarni o‘rganar ekan, jirafalarning bir daraxtdan faqatgina bir nechta akasiya bargini yeganini, qolaversa, shamol esgan tarafga qarama-qarshi tomonga qarab qochganliklarini sezib qoldi. Qudular esa ko‘rgan hammanarsasini yedi. Van Hoven natijada akasiya daraxtlarining boshqa daraxtlarga kimyoviy signal yuborishini kashf etdi. Akasiyaning bu “Ogohlantiruv signali” 45 metr uzoqlikkacha yetib boradi. Besh-o‘n daqiqa ichida “Ogohlantirish” ni qabul qilgan daraxtlar barglaridagi tanin miqdorini orttirdi va zaharli holatga keltirdi. Ushbu yaproqlarni yegan qudular o‘ldilar.

Mantis qisqichbaqasi, dunyoning eng kuchli zarbasiga ega jonivordir

Qiziqarli faktlar ro‘yxatimizdan joy olgan yana bir ajoyibot mantis qichqichbaqasi hisoblanadi. Ko‘rinishidan ishonish qiyin bo‘lsada ular dunyodagi eng kuchli jonivorlardan biridir. Mantis qisqichbaqasining ustki o‘ng qo‘lidagi bir a’zosi energiya saqlash quvvatiga hamda kuchli musht zarbasi tezligida oldinga harakatlanib, 22 kalibrlik o‘qdan ham tez harakatlngan holda 1500 Nyuton tezlikni ta’minlash quvvatiga ega. Mantis qisqichbaqasi o‘z mushtidan akvariumlarning oynasini sindirishda foydalanadi. Faqat bugina emas, uning mushti shunchalik tezkorki, o‘zi turgan suvning bosimini pasaytiradi va qaynashiga sabab bo‘ladi. Suv bosimi normal holatga kelganida qisqichbaqaning tezkor “Mushtlari” o‘z holicha bo‘sh qo‘yiladi. Shu paytda katta miqdordagi energiya tashqariga chiqadi. Bu hodisaga kavitatsiya deyiladi.

Karnion davrida taxminan 2 million yil davomida dunyoning turli joylarida tinmasdan yomg‘ir yog‘di

Bundan 232 yil million yil avval “Karnion davri” deb nom olgan asrda bir vaqtning o‘zida bir qancha joylarga yomg‘ir yog‘a boshladi. Million yillar davom etgan qurg‘oqchilikdan keyin dunyo shunday namgarchilik holatiga kirdi. 2 million yil ob-havo shu holda yog‘ingarchilik bilan davom etdi. Olimlar, karnion hodisasini yuzaga keltirgan ulkan geologik o‘zgarishlar tufayli dinozavrlar oilasining evolyusyasiga ta’sir qilganini taxmin qilishadi.

Botfly pashshasi o‘z lichinkasini insonning terisi ostida qoldirishi mumkin

Qiziqarli faktlarimizning yana bir qahramoni botfly nomli pashsha bo‘lib, ular yer kurrasidagi eng yoqimsiz jonzotlardan biridir. Chunki ularning lichinkalari qo‘ngan jonzotlarining terisida yoki ichagida rivojlanadigan parazitlar hisoblanadi. Janubga hamda amerika tomonlarga borgan sayyohlar odatda kerakli kundalik buyumlardan tashqari qochoq yo‘lovchini ham uylariga olib kelishadi. Biroq lichinka yoki biror infeksiyaga nishon bo‘lgan odam hechnimani sezmaydi. Yoshi katta botfly pashshalari yovvoyi asalari kattaligida bo‘ladi. Ulardan qochib qutulish juda mushkul. Chunki nihoyatda ayyorona usullari bor. Ayrim botfly pashshalari urug‘larini chivinlarning ustiga yopishtirishadi. Chivinlar esa urug‘larni inson yoki birorta hayvonga qoldiradi. Pashsha o‘z o‘ljasiga qo‘nib, qonini ichish uchun terisidan teshik ochganida o‘ljaning terisining iliq harorati lichinkalarning tushishiga hamda teri ostiga kirishiga sabab bo‘ladi. Ya’ni, siz hechqachon bunday turdagi pashshaga yo‘liqmagan bo‘lsangiz ham uning lichinkasi teringiz ostiga kirishi mumkin.

Ko‘k kitning tomog‘i odamning boshidan kichik

Agar ko‘k kitning sizni yeyishidan qo‘rqsangiz, hecham cho‘chimang. Chunki ko‘k kitning tomog‘i odamning boshidan kichik. Ko‘k kitlar yer yuzidagi eng ulkan jonivor hisoblanishsada, shuningdek, katta yurak organiga ega bo‘lishsa ham tomoqlari taxminan 10 yoki 20 sm atrofidadir. Agar taqqoslaydigan bo‘lsak, insonning tomog‘ining kengligi 2,5 sm atrofida. Ko‘k kitlar, odatda kril nomli mayda qisqichbaqalar bilan oziqlanishadi va odamlarni yeyishdan yiroqdirlar.

AQSH dagi ayrim hududlarda miyani kemiruvchi amyobalar mavjud


Miyani yeyuvchi amyoba iborasi go‘yoki fantastik filmlardagi so‘zlarga o‘xshaydi, biroq haqiqatdan ham ular bor. Nayegleriya fouleri iliq, chuchuk suvda yashaydi. Yoz faslida suv isiganida ko‘payadi. Yomg‘ir suvlarida, ko‘l va hovuzlarda, ko‘lmaklarda cho‘milgan odamlarga burundan, og‘izdan kiradi. So‘ngra amyoba holatiga aylanadi. Hid bilish kanaliga kirgan amyobalar, burun ichidagi shilliq qavatidan o‘tib, hid bilish yo‘li orqali miyaning orqa miya suyuqligiga va miyaga joylashadilar. Bu holatda esa miyadagi moddalar bilan oziqlanadilar. O‘limga olib boruvchi meningit kasalligiga sababchi bo‘lishadi. AQSH dagi ushbu amyobalar hodisasi ko‘pincha Texas va Florida shtatlarida ro‘y beradi.

Shimoliy Amerikada qushlar soni 50 yilda 3 milyardga kamaydi

1970 yildan buyon tadqiqotchilar, 529 ta qush turi haqida ma’lumotlar to‘plashmoqda. Oxirgi 50 yil ichida Shimoliy Amerikaning qushlari 3 milyardga kamayganini aniqlashdi. Bu izlanishni olib borishda ko‘ngillilar tomonidan ishlab chiqilgan anketalardan javoblar to‘plandi. Keyin ushbu ma’lumotlar 143 ta havo radari texnikasi tomonidan tekshirilgan ko‘chmanchi qushlar galasi bilan bog‘liq o‘n yillik ma’lumotlar bilan birlashtirildi. Natijalar esa yo‘qotishlarning 90 % idan ko‘pi chumchuqlar, spinozlar, dala qushlari va hokazo 12 turdagi qushlar oilasiga mansubligini ko‘rsatdi. Tadqiqotchilar, yashash joyining buzilishi, urbanizasiya va zaharli pestitsid singari turli sabablar qushlarning kamayib ketishiga olib kelgan, degan xulosaga kelishdi.

1822 yilda topilgan hamda bo‘ynida nayza sanchilgan laylak, qushlarning ko‘chib ketishi haqidagi haqiqatlarning yuzaga chiqishiga sabab bo‘ldi. Yuz yillar davomida odamlar qishda qushlar qayerda bo‘lishlariga qiziqdilar. Ayrim kishilar boshqa o‘lkaga uchib ketishganini taxmin qilishdi, faqat qayerga uchganliklari haqida aniq bir fikr yo‘q edi. Garvard professori issiq havo mavsumi kelgunga qadar ular oyga uchib ketadi, degan fikrni olg‘a surdi. Aristotel esa ba’zi qushlarning qish uyqusiga ketganini, yoki bahor kelguncha qushlarning boshqa turdagi qushlarga aylanishini da’vo qildi.

Ming yillik qiziqishlardan so‘ng odamlar va nihoyat bu borada mantiqli bir xulosani qo‘lga kiritdilar. Germaniyada bo‘ynida Afrikaliklar ishlatadigan ko‘rinishda bo‘lgan nayza sanchilib qolgan laylak topildi. Bu qushning shimolga uchib ketishdan oldin taxminan ikki ming mil yo‘l bosganini inkor etib bo‘lmas haqiqat edi. Laylak o‘sha paytda o‘ldirildi va ko‘chib ketishga asos bo‘ladigan dalil sifatida terisining ichi to‘ldirilib saqlab qo‘yildi.

Dilbar Rajabova