Shukurov Bekzod Abduqayumovich Vazirlar Mahkamasining Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikasiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikasiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shoʻbasi mudiri etib tayinlandi.
Bekzod Shukurov O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakul’teti tamomlagan. 2002-2014 yillarda “O‘zbekiston ovozi” gazetasida muxbir, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2014-2018 yillarda “Jamiyat” gazetasining bosh muharriri bo‘lgan. 2018 yildan buyon Vazirlar Mahkamasida ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelayotgan edi.
“O‘zbekiston ovozi” gazetasida ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi, xususan saylovlar, parlament faoliyati, ayniqsa, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi bahs-munozaralarga bag‘ishlangan maqolalari bilan jamoatchilikka tanilgan. “Jamiyat” gazetasi uning bosh muharrirligida tahliliy-tanqidiy maqolalari bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan.
Bekzod Shukurov 2011 yilda “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olibi bo‘lgan. 2017 yilda “E’tirof” milliy tanlovida yilning eng yaxshi publisisti deb topilgan.
Ogoh.uz tahririyati bu munosib tayinlov, deb hisoblaydi va Bekzod Shukurov yangi lavozimida ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi, deb ishonadi.