Pedagoglar nafaqat surunkali charchoq bilan yurishadi balki ayrim kasb kasalliklari bilan og‘riydi.
Nevrozlar – Semestrga yaqin sinfga o‘z o‘zidan baqirish yoki bo‘r yo‘qligi yoki ruchka yozmagani uchun yig‘lab yuborish. Yoki uy ishlarini tekshirib uydagi dazmol, mayda narsalarni unutib qoldirish kabilar. Nevrozni asosiy belgisi o‘zi bilan gaplashish, sal narsaga tutaqish, tushkunlikka moyil bo‘lishlar kiradi.
Tomoq hiqildoq kasalliklari. Ko‘pincha ko‘p gapirishdan, baqirib gapirishdan, zo‘riqishdan tovush paychalari zararlanadi. Tomoq hiqildoq kasalliklari bilan oson chalinadi. Masalan ertalab ovozi chiroyli o‘qituvchi kechki payt umuman chiqmay qolishi mumkin.
Qomat buzilishlari. Og‘ir sumkalar va ish joyidagi stol stulni noqulayligi tufayli ko‘pincha o‘qituvchilarda bel, umurtqa kasalliklari uchraydi. Skolioz bo‘lishi xam mumkin.
Infarkt va insultlar. O‘qituvchilarni hayotdan ko‘pincha shu kasalliklar olib ketadi. Tinimsiz stress, aqliy zo‘riqish, keraksiz topshiriqlar, oilaviy mojarolar tufayli kasalliklar yig‘ilib infarkt yoki insultga chalinadi.
Boshqa kasalliklar. Masalan emosional labillik, jinsiy faoliyat susayishi, o‘pka kasalliklari, bosh og‘rig‘i. Ko‘pincha bularga xonada kislorod kamligi , to‘g‘ri ovqatlanmaslik sababchi bo‘ladi.