Tesla odamsimon robot – Optimusni e’lon qildi

Elon Mask navbatdagi yangiligini e’lon qildi. Prototip robot kecha AQSH da o‘tkazilgan tadbirda sahnaga chiqdi, yurdi va tomoshabinlarga qo‘l silkitdi.

Robot bir qutini ko‘tarib oldi, o‘simliklarga suv quydi va Tesla fabrikasidagi metal qoldiqlarini yig‘ishtirganini tomoshabinlar ham ekran orqali tomosha qilishdi.
Elon Mask kelajakda robotlar avtomashinalardan ko‘ra ko‘proq zaruriy ehtiyoj darajasiga kelishini ta’kidladi. 3 yoki 5 yil ichida esa Optimus uchun buyurtmalar qabul qila boshlashini aytdi.

AQSH ning Kaliforniya shtatidagi Tesla binosida o‘tkazilgan yig‘ilishda Mask “Maqsadimiz qisqa vaqtda, foydalanish uchun mo‘ljallangan gumanoid yaratish” dedi. Shirkat 10 yildan buyon odamsimon robotlar ishlab chiqarish borasida izlanishlar olib boradi.

Salkam 20 ming dollor narxda baholanadi
Mazkur robotda hali miya yo‘qligi tufayli o‘z ixtiyori bilan harakat qilish qobiliyatiga ega emas.

Shuningdek, ushbu robotning narxi qimmatligi va juda kam miqdorda ishlab chiqarilishini ham aytib o‘tdi.

Maskning maqsadi, ko‘p qobiliyatga ega bo‘lgan robot yaratish va unga buyurtmalarning ko‘payishini ta’minlash bo‘lib, narxini 20 ming AQSH dollori qilib belgilash. Tesla o‘zining robot yaratish bilan shug‘ullanayotgani haqida o‘tgan yil avgust oyida o‘tkazgan “Sun’iy intellekt” nomli tadbirida e’lon qilgandi. Bu yil avgust o‘yida ko‘rgazmaga chiqishi mo‘ljallangan robot bilan bog‘liq ishlar to‘liq tugallanmagani uchun sentyabr oyining oxiriga qoldi. Mask “Optimus 5-10 yil ichida bizni hayratdan yoqa ushlashga majbur qiladi” dedi.

Maskning fikricha, Optimus Tesla fabrikasida chiqindilarni tashish kabi mayda ishlar bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsada kelajakda uylarda ovqat tayyorlash, axlatlarni to‘kib kelish, hattoki odamlarga do‘st bo‘la olishi mumkinligini aytib o‘tdi.