Ijtimoiy tarmoqda erkak telefonda bir ayolga uyatsiz so‘zlar aytib, butun o‘zbekistonliklarni haqorat qilgani aks etgan audioyozuv tarqaldi.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIB Matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha audio yozuv tegishli ekani aytilayotgan fuqaro, 1992 yilda tug‘ilgan A.Sulaymonov 2022 yilda Oqqo‘rg‘on tumani IIB Profilaktika inspektori lavozimiga qabul qilingan.
Yosh xodim ko‘p o‘tmay xizmat faoliyati davomida o‘zini salbiy tomondan ko‘rsatganligi va noo‘rin xatti-harakatlari sababli joriy yil 30 avgust kuni ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.
«Hozirda xabarda ko‘rsatilgan «audio yozuv» aslida kimga tegishli ekanini aniqlashga qaratilgan ekspertiza va surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Shu o‘rinda hurmatli fuqarolarimizga, xabardagi holat Prokuratura tomonidan nazoratga olinganligini, to‘liq o‘rganilib qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qilamiz», – deyiladi xabarda.