Shavkat Mirziyoyev bugun Qosim-Jo‘mart To‘qayev taklifiga binoan Qozog‘istonga boradi

Rossiya Tashqi Ishlar Vaziri Sergey Lavrov, prezident Rajab Toyyib Erdug‘an bilan Putinning, Qozog‘iston poytaxti Ostonada uchrashishini ma’lum qildi. Shuningdek, prezident Erdug‘an, jami 10 ta davlatning liderlari bilan o‘chrashuv o‘tkazadi.

Qolaversa Lavrov, Rossiya prezidenti Putin bilan AQSH prezidenti Jo Bayden tarafidan uchrashish borasida taklif kelganini, davlatning buni rad etmasligini ta’kidladi. Ommaviy axborot vositalari orqali Lavrov, Rossiyaning barcha muzokaralarga tayyor ekanligini, faqat vaziyatning qaysi tomonga qarab og‘ishini oldindan aytolmasligini bildirdi.

12-13-oktyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostonada Osiyoda Hamkorlik va Aloqlarni Mustahkamlash borasidagi konferensiya bo‘lib o‘tadi. Sammit doirasida Erdug‘an, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Eron prezidenti Ibrohim Rais bilan birga jami 10 ta davlat prezidenti bilan uchrashadi. Erdog‘anning ertangi rasmiy tashrifi chog‘ida Turkiya-Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik aloqalarni kengaytirish maqsadida mustahkam qadamlar tashlanishi rejalashtirilgan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mezbonlik qiladigan uchrashuvda Turkiya prezidenti Erdug‘an, Rossiya prezidenti Putin, Eron prezidenti Rais, shuningdek, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Falastin davlati prezidenti Mahmud Abbos, Qatar amiri Shayh Tamim ibn Hammod al-Soniy, Iroq prezidenti Barham Solih, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, kuzatuvchi sifatida Belarusiya prezidenti Aleksandr Lukashenko ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Turkiya eng ko‘p hay’at bilan tashrif buyuruvchilar safida ikkinchi o‘rindagi davlat bo‘lishi kutilmoqda. Jami 27 ta davlatdan 50 ga yaqin hay’at ishtirok etilishi kutilayotgan uchrashuvda Osiyo qit’asidagi siyosiy, iqtisodiy sohalarga oid, shuningdek gumanitar tarmoqlar bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan muammolar hamda tahdidlarga qarshi kurashish, xavfsizlikni ta’minlovchi tadbirlar borasidagi dolzarb masalalar o‘rtaga tashlanadi.