Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, bugun, 12 oktyabr kuni soat 01:30 larda Ohangaron shahri Ohunboboyev mahallasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan Z.K. xonadonida shar’iy nikohdagi 1989 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i A.Sh.bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, kelishmovchilik sababli o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan uni ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Z.K.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.