Ularning ba’zilari kulgili, yana biri shafqatsiz, boshqalari esa kishini hayratga qoldiradi. Beixtiyor fikrimizga bu qonunlarni ishlab chiqqan odamlar nimaga shunday qilgan ekan, degan savol keladi. Bugun hayotda tatbiq etib kelinayotgan dunyodagi ahmoqona qonunlarning ayrimlari bilan tanishamiz.
AQSHning Arizona shtatida kulgili qonun mavjud. Uning tarixi esa qonunning o‘zidan qolishmaydi. Bu 1924-yilda, mahalliy eshak “o‘z” uyidan tashqariga chiqib vanna topib olganida va uning ichiga kirib… uxlab qolganida sodir bo‘ldi.
U shiringina uxlab yotgan paytida shtatda to‘g‘on o‘pirilishi yuz berib, ovulni suv bosdi. Mahalliy aholi o‘z hayotini xavf ostida qo‘yib, bu “quloqsiz”ni qutqarishga shoshildi. Qutqaruvchilar yordamga keldi, ular ham o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, ko‘plab texnikani qo‘llashdi, eshak qutqarib qolindi. Shundan keyin eshaklarning vannaga uxlashi taqiqlanganligi haqida qonun qabul qilindi.
Gresiyaning ayrim hududlarida qizlarga baland poshnali tufli kiyish taqiqlangan. Bu taqiq poshnalar tarixiy yodgorliklarga zarar yetkazishi mumkinligi bilan bog‘liq. Buni mantiqiy qonun desa bo‘ladi…
Afrikada faqat bir shart bilan, agar ertalab uyg‘onib, kayfiyati yo‘q bo‘lsa, talabalarning darsga spirtli ichimlik ichgan holda kelishiga ruxsat beriladi.
Italiyaning Turin shahrida it egalari qonunga muvofiq o‘z uy hayvonini kuniga kamida uch marta ko‘chaga olib chiqishlari shart. Qonun hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikka qarshi kurash belgisi sifatida 2006-yilda qabul qilingan. Agar it egasi ushbu qonunni buzsa, u 500 dollar jarimaga tortilishi mumkin.
Taylandda pulni oyoq bilan bosish qonunga ziddir. Negaki, bu banknotalarda qirolning rasmi bor, pulni bosish esa podshohga hurmatsizlik ko‘rsatish demakdir. Bu hurmatsizlik uchun fuqaro uzoq vaqt qamoqda o‘tirishi ehtimoldan xoli emas.
Singapurda saqichni chetdan olib kirish va sotish taqiqlangan. Bu taqiq 1992-yilda odamlar saqichni kirish eshiklari datchiklariga yopishtirishi, ularni pochta qutilarida tashlashi va qulf teshiklarini yopishi va hokazolardan keyin joriy qilindi.
Singapurda yana bir qonun bor: yo‘lovchilar ustiga yoki o‘rindiqlarga to‘kib yubormasligi uchun metro va avtobuslarda suv ichish taqiqlangan. Agar siz to‘satdan qo‘lga tushsangiz, unda 500 Singapur dollari miqdorida jarima berishga majbur bo‘lasiz.
Italiyaning Milanida qoshlarni chimirib, yomon kayfiyatda yurish taqiqlangan. Ishonish qiyin, lekin qonunni buzgan kishi jarimaga tortiladi. Bu qonun faqat kasalxona va dafn marosimlarida qo‘llanilmaydi.
Yaponiyada ishchilari semirib ketgan taqdirda ish beruvchilar jarima to‘laydi. Xodimning o‘zi jazolanmaydi, biroq unga diyetolog va psixiolog maslahatlari kabi tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi