Chevrolet Onix avtomobilining 1-noyabrdan sotuvga chiqadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Onix avtomobilining 1-noyabrdan sotuvga chiqishi haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 90 ot kuchiga ega, 1,2 litrli dvigatel va mexanik uzatmalar qutisiga ega Chevrolet Onixning eng oddiy pozisiyasi narxi 150 million so‘m atrofida bo‘ladi.

Asosiy komplektasiyada galogenli faralar, 2 ta xavfsizlik yostiqchasi, ESC barqarorlik tizimi, blokirovkaga qarshi ABS tormoz tizimi, radiomagnitola va kondisioner ham kiritilgan.