O‘zbekistonda 50 ming va 100 ming so‘mlik pullar asta-sekin almashtirilishi haqidagi mish-mishlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Markaziy bankaning matbuot-xizmati bu xabarni tasdiqlamadi, biroq inkor ham qilgani yo‘q.
Bir necha manbalardan olingan maʼlumotlarga qaraganda, banknotalarni bosqichma-bosqich muomalaga chiqarish rejalashtirilgan, ularning tashqi ko‘rinishi esa yaqin oylarda eʼlon qilinadi. Yangi banknotalar modernizatsiya qilinadi – ular ilgari hech qaysi banknotalarda bo‘lmagan yangi himoya elementlariga ega bo‘ladi. Buning sababi shundaki, aynan shu pullar qalbakilashtiruvchilarning eʼtiborini tortmoqda.
Dizaynga kelsak, banknotalar «Buyuk Ipak yo‘li» ruknidagi obʼektlar bilan bezatiladi. Markaziy bankdan rasmiy raddiya yoki tasdiqni kutib qolamiz.
Eslatib o‘tamizki, 100 ming so‘mlik pullar 2019 yilning 25 fevralidan, 50 ming so‘mliklar esa 2017 yilning 22 avgustidan boshlab chiqarilmoqda.