Joriy yilning dastlabki choragida boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senatining XIII yalpi majlisi doirasida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim qonunga zid qarorlarini bekor qilish masalasi koʻrilga edi.
Ushbu majlisda bekor qilingan qarorlar qatorida Xalq deputatlari Mirishkor tumani kengashining 2020 yil 19 noyabrdagi «Mirishkor tumanidagi ayrim fermer xoʻjaliklari tomonidan ajratilgan yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanish ahvoli, 2020 yilda davlatga paxta sotish boʻyicha tuzilgan kontraksiya shartnomalarining bajarilishini taʼminlash chora- tadbirlari toʻgʻrisida»gi 67/16-6 sonli qarori qonunchilikka zid deb topilib, bekor qilinishi belgilan.
Buni qarangki, oradan qariyb oʻn oyga yaqin vaqt oʻtganiga qaramay, hanuz fermerlarning hquqlari tiklab berilgani yoʻq.
Oʻz huquqlarining tiklanishi umidida boʻlgan fermerlarning soʻzlariga koʻra, tumanning Doʻstlik mahallasida faoliyat olib borayotgan bir guruh fermerlarga ajratilgan yer maydonlari 2020 yil noyabr oyida fermerlarning roziligisiz, Xalq deputatlari Mirishkor tumani kengashi deputatlari ishtirokida muhokamaga qoʻyilib, qaytarib olingan. Hududda faoliyat olib borayotgan fermerlarning aytishicha, ularga 49 yilga ijaraga berilgan yerlarda hozirda klaster faoliyat koʻrsatmoqda. Senatning qarorni bekor qilishi esa, samarasiz qolmoqda.
Bir necha bor hokimlik vakillari bilan uchrashishga uringan fermerlarga berilayotgan javob faqatgina manfiydir.
Tuman hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Jahongir Abdinazarovga murojaat qilgan fermer Gʻolib Maxatov antiqa javob olganini aytadi:
– Bu oʻrinbosarga, Senat raisining qarori borku, nega yerlarimiz qaytarilmayapti deb yuzlanganimzda, «Tanzila Norboyeva qaror chiqargan boʻlsa, kelib masalani oʻzi hal qilib bersin» deb aytdi» , – deydi fermer.
Oʻzbekistonda qonunga yetarli darajada amal qilinmasligi xalqaro ekspertlar tomonidan ham eʼtirof etilgani bor gap. Ammo, hokimiyatning eng yuqori turuvchi boʻgʻini bilan ham «birga-bir» qarshi chiqa oladigan hokimlar va ularning oʻrinbosarlari qanday sinmas togʻga suyangan ekanki, bu qadar ochiq gapira olsa?
Savollar koʻp, savollar bisyor. Ayniqsa, pastdan yuqoriga hayqiradiganlar joyida… Biz esa, holat yuzasidan masʼullarning munosabatini kutib qolamiz.
Mavzuga oid:
«398 ming aholi ichimlik suvi bilan taʼminlanib, qamrov 49 foizga yetkaziladi.»