-Kechirasiz, uka, mana shu yerdan o‘tib ketayotgandim, ko‘chada yurgan ekan, sizniki emasmi? – so‘z boshladi toza, ozoda kastyum shim kiyib, qo‘lida sigir arqonini tutib olgan kishi.
-Yo‘q, bizni sigirimiz yo‘q. -javob berdi kambag‘algina, boriga shukur etib kelayotgan inson.
-Men juda majlisga shoshib turgandim, shu sigir siznikida turatursin, egasi qidirib kelsa berib yuborasiz. Ko‘chada biror yoqqa ketib qolib egasi qidirib yurmasin.
-Xo‘p, aka mayli. Egasi kelib qolsa sizni aytaman, yaxshi inson ekansiz.
Mayli, meni aytaqoling. Hechkim so‘rab kelmasa, o‘zim olib ketaman, maylimi? -kuldi haligi kishi.
-Xo‘p, aka.
Otasining o‘rtog‘i unga amaki bo‘ladigan bo‘lsa, jondek jigariga bitta sigir hadya etsa etibdi-da. Tag‘in sahovat qilishning yo‘llarini qidirib topsa ham bo‘larkan-ku. Ertasi tongda darvozasi oldida qog‘ozcha topdi, shukur bilan yashab kelayotgan inson. «Kecha sizga arqonini tutqazgan sigirim o‘zingizniki ekan. Sizga Yaratganning bir tuhfasi emishki, egasi qidirib keladi deb kutmang. Sigir muborak bo‘lsin, do‘stim!»
© Nuriddin Ziyo