1642-yil edi, ushbu davrlarda yashagan Gollandiyalik dengizchi Abel Tasmaning yagona maqsadi bor edi, u ham boʻlsa janubiy yarimsharda cheksiz chegarasiz bir qitʼaning borligiga ishonchi komil va uni kashf etish edi. Yevropaliklar bu davrda dunyoning bu hududlarini yaxshi bilmasdi. Tasman 14-avgust kuni ikki kichik kema bilan Indoneziya poytaxti Jakartadan yoʻlga chiqdi.
Avval gʻarbga, keyin janub tomonga, soʻngra sharq tomonga harakatlanib, Yangi Zelandiyaning janubiy oroliga bordi. Uning mahalliy Maoriy xalqi bilan uchrashuvi havas qiladigan darajada boʻlmadi. Safarning ikkinchi kuni bir nechta Maoriylik Gollandiya kemasi haqida xabar yetkazish asnosida kichik qayiqqa toʻqnashdi. Toʻrtta Yevropalik hayotdan koʻz yumdi. Bunga javoban Yevropaliklar mahalliy aholiga hujum qildilar. Bu Tasmaning boshlagan ishining yakuni boʻldi. Voqea yuz bergan joyga Tasman “Qotillar koʻrfazi” nomini berdi. U joylarga ikkinchi marta qaytib bormadi. Garchi Tasman oʻzi sezmagan boʻlsada u yangi qitʼaning borligi haqidagi fikrida haq edi.
2017-yilda bir guruh arxeologlar Yangi Zelandiyani kashf etishdi. 4,9 million kilometrlik bu qitʼa, Madagaskardan taxminan 6 baravar katta edi. Xaritalar faqat 7 ta qitʼani koʻrsatardi. Geologlar esa oʻz fikrlariga qatʼiy ishondilar hamda sakkizinchi qitʼani ham topganliklarini eʼlon qilishdi. Bu qitʼa ayni paytda dunyoning eng yosh va kichik qitʼasi edi. Gap shundaki, uning yuzdan toʻqson toʻrt foiz qismi suv ostida, okeanning tubida. Yangi Zelandiyadek bir necha orolgina suv yuzida koʻrinib turardi. Aslida avvaldan shundoq koʻzga tashlanadigan holatda, faqat nazardan chetda qolgandi. 1960-yilda geologlar nihoyat yana bir qitʼaning tan olinishi uchun bir fikrga keldilar. Unga koʻra, yuqori balandlikka ega, koʻp miqdordagi turli tosh qoyalarga ega geologik keng maydon boʻlishi zarur edi. Agar geologlar kerakli dalillarni toʻplay olishsa sakkizinchi qitʼaning mavjudligini isbotlagan boʻlishardi. 1995-yil Amerikalik geofizik Bruse Luyendeyk mazkur hududni qitʼa sifatida eʼtirof etdi va buyerga “Yangi Zelandiya” nomini berdi.
Aslida Zelandiya bundan 550 million yil avval paydo boʻlgan qitʼa – Gondvananing bir parchasi edi. Taxminan 105 million yil avval nomaʼlum sabablarga koʻra, Gondvanadan uzoqlashgan. Qitʼalarda yer qobigʻining chuqurligi odatda 40 km ni tashkil etadi. Okeanlarda esa 10 km. Zelandiya Gondvanadan ajralganida unga shunday putur yetganki, natijada hozirda yer qobigʻining chuqurligi 20 km.
Zelandiyaning geologlar uchun eng qiziq tomonlaridan biri ushbu qitʼa juda nozik tuzilishga ega boʻlishiga qaramay parchalanib ketmagan. Qolaversa, qachon suv ostiga choʻkkanligi ham sir.
Shuningdek, bu yerda yashovchi jonzotlar ham albatta barcha uchun qiziq. Ayrim taxminlarga koʻra Zelandiyada dinozavrlar ham yashagan. Yana bir ajoyib jonzot bu Kivi qushidir. Tovuqqa oʻxshash bu qush ucha olmaydi. Bu qushning yaqin ajdodlari 800-yil avval Madagaskar oʻrmonlarida yashagan ulkan fil qushi ekanligi maʼlum. Yuqoridagi fikrlardan ham koʻrinib turibdiki, Tasmaning izlanishlaridan soʻng oradan 400-yil oʻtgan boʻlsa ham sakkizinchi qitʼa bilan bogʻliq oʻrganiladigan juda koʻp narsa bor.