Joriy yil Ramazon oyida O‘zbekistondagi 1370 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.
Ma’lumki, 2020 yil koronavirus pandemiyasi sabab mamlakatdagi masjidlar faoliyati to‘xtab, odamlar kundalik besh vaqt namoz, juma, hayit va taroveh namozlarini jamoat bo‘lib ado etolmagandi.
Ta’kidlash joizki, yildan-yilga masjidlarda xatmi Qur’onlar ko‘payib boryapti. Misol uchun, 2019 yil 1220 masjidda, 2018 yil 1149 masjidda xatmi Qur’on o‘tkazilgan edi.