O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida xabar beradi.
Vazirlik Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 5 aprel kuni O‘zbekistonga Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.
Bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Eron aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha ham fikr almashiladi.