«Obod qishloq»ga tushgan mahallaning yo‘li dasturga kirmagan

Bu maktabga olib boruvchi yo‘l. Tasavvur qilyapsizmi, yog‘ingarchilik boshlansa, bu yo‘lning holati qanday ko‘rinish kasb etadi? Biz esa kelajagimiz mevalarini tarbiyalashimiz, ularni o‘qitishimiz kerak…

Suratda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Paxtaobod QFYning «Novobod» mahallasida istiqomat qiluvchi maktab o‘quvchilari.

Maʼlumotlarga ko‘ra, «Novobod» mahallasida 50 ta xo‘jalik istiqomat qiladi. Аslida, bu yo‘lning holati juda abgor bo‘lgan. Bir fermer mazkur yo‘l yoqasida ariq qazib, yo‘lni tuproq bilan to‘ldirgan.

«Mahalliy hokimlik va idoralarga ko‘p bora murojaat qildik, ammo natija yo‘q. Biz-ku, mayli, bolalarimiz shu yo‘lda

3-4 km bosib maktabga borishga majbur. Eng qizig‘i, 2021 yil Paxtaobod MFY «Obod qishloq» dasturiga tushgan, ammo ushbu mahalla yo‘li dasturda yo‘q ekan. Nahotki, 50-60 nafar o‘quvchining taqdiriga daxldor ushbu masala hech kimni o‘ylantirmayotgan bo‘lsa?», deydi mahalliy aholi.

Qiziq, viloyat hokimi Zoyir Mirzaev ushbu holatdan xabardormikan? Bilsa, bu muammoni hal etishga hafsala qilarmikan? Bilmasa bildirisharmikan?..

Murodjon Rahmatov

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *