Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB va viloyat Ekologiya xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan reyd tadbirida Guliston shaxar “Buyuk kelajak” MFY hududida fuqaro I.K tomonidan belgilanmagan joyga maishiy suyuq chiqindilarni toʻkkanligi aniqlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro I.Kga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 91-1 modda 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda 270 000 soʻm jarima belgilandi.