“Obod qishloq» dasturi faqat buzishdan iboratmi?

Prezidentning 2018-yil 29 martdagi PF-5386-son farmoniga ko‘ra “obod qishloq”, “obod mahalla” dasturi ilgari surilmoqda. Ammo bu dastur hamma joyda ham o‘zligicha bo‘lgani yo‘q. Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Yangidala Qishlog‘Ida ham qaryib 5 yil deganda bu dastur endi yetib keldi. Dastur doirasida yo‘llar tekislanishi, ichimlik suvi va noquniniy o‘zlashtirilgan joylar buzilishi, maktab taʼmiri va shunga o‘xshash o‘zgarishlar bo‘lishi kerak edi. Qishloq yo‘llari va maktab qishloq ochilganidan buyon qariyb yarim asrdan buyon taʼmirlanmagan. Maktab ancha og‘ir avholga tushgandan so‘ng 2 yil avval tom qismi almashtirilgan, xolos. Asosiy o‘zgarishlar obod qishloq dasturi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Kutilganidek, noqonuniy inshootlar buzildi, biroq ko‘chalar chang va toproqqa aylandi. Keyinchalik yo‘llar asfalt qilingan, faqat asosiylarini. Ichimlik suvi masalasi ham deyarli hal bo‘lish arafasida, quvrlar tayyor, lekin suv yo‘q. Maʼlumotlarga ko‘ra, ichimlik suvi tez kunda chiqarilar ekan, faqat bu suv qancha vaqtgacha chiqishi aniq aytilmagan va kafolatlanmagan. Chetdan qaraganda qishloq obod bo‘lgan, ammo ichki yo‘llar chang va tuproqqa to‘la. Kuz va qish yog‘ingarchiliklarga to‘la fasl. Chang va abgor yo‘llar botqoqlikka aylanishi tabiiy. Bu yo‘llardan maktab, bog‘cha tarbiyalanovchilari va siz-u bizga o‘xshagan odamlar yurishadi. Afsuski yo‘llar esa yurishga yaramaydi. Bunday holatlardan butun Respublika, hatto Toshkent shahri ham mustasno emas.

Hozirda “Obod qishloq” dasturi davom etayapti. Qish yaqin qolgan, maktab qurilish-tamirlashga ishlari boshlangan. O‘quvchilarga dars o‘tish uchun xonalar yo‘qligi tufayli qo‘shni maktabga o‘tkazilgan.

Sovuq kunlarda, abgor yo‘llarda kelajak yoshlarning qiynalishi qachongacha davom etadi?

Umid qilamizki, qishloq tez kunlarda obod holatga keladi va yoshlar yangi tamirlanagan maktabda taʼlim olishadi. Kutamiz, yo‘l va suv masalasi ham yaqin kunlarda hal bo‘larmikan?.

Muallif: Jasurbek Lapasov