Oʻzbekistonning hokimlari reytingi eʼlon qilindi. Kim «eng yaxshi» va kim «yomon»

Oʻzbekistonda faoliyat olib boruvchi hokim va ular oʻrinbosarlarining 2021 yil birinchi yarim yilligi holatiga koʻra baholash orqali tuzilgan reytingi eʼlon qilindi. Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, reyting viloyat, tuman va shaharlardagi hokim hamda hokim oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (EMSK, KPI) baholash asosida tuzilgan.

Qayd etilishicha, reyting natijadorligi yuqori hududlar, koʻrsatkichi eng yuqori tuman (shahar)lar, hududlardagi koʻrsatkichi eng quyi tuman (shahar)lar hamda hokim oʻrinbosarlarining EMSK boʻyicha roʻyxati kabi asosiy qismlardan iborat.

Bundan tashqari, reytingga tuman (shahar) hokimlarining top-20 hamda quyi-20 taligi ham kiritilgan. Unga koʻra, viloyatlar kesimida eng yuqori oʻrinni 87 ball bilan Navoiy, eng quyi oʻrinni esa 66 ball bilan Surxondaryo viloyati egallagan. Tumanlar orasida birinchi oʻrinni Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani egallagan. U Oʻzbekistondagi 205 ta tuman orasida 98,2 ball olgan. 60,8 ball toʻplagan Sariosiyo tumani esa hududlar oʻrtasida soʻnggi oʻrinda qayd etilgan.

Keltirilishicha, tuman (shahar) hokimlari reytingida Qorovulbozor (Buxoro), Yangibozor (Xorazm), Mirobod (Toshkent) tumanlari Shirin (Sirdaryo), Gʻozgʻon (Navoiy) shahar hokimlari yetakchi oʻrinda qayd etilgan. Shu yoʻnalishda eng quyi pogʻonalarni esa Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Shoʻrchi, Jarqoʻrgʻon, Uzun, Qiziriq, Boysun tuman hokimlari egallagan. Hokim oʻrinbosarlarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha reytingida Navoiy viloyatining Gʻazgʻon shahri 1, Toshkent viloyatining Angren shahri esa eng oxirgi — 205-oʻrinni egallagan.

Bu albatta yaxshi bir statistika. Qolaversa ahoi uchun kimning qanday ishlayotgani haqida bir maʼlumot boʻlib xizmat qiladi. Aynan saylovdan soʻng bu kabi maʼlumotlar ochiqalnishi kelajakda ushbu tuman (shahar) hokimlari, viloyat hokimlarining ishdan boʻatilishi yoki prezident tomonidan jiddiy tanqid qilinishiga zamin boʻlishi mumkin.

Qolaversa bir bu ruyoxatda Toshkent shahar, Sirgʻali tumani hokimi Elbek shukurov nomini negadiruchratmadik. Sababi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu tuman hokimi doimiy aholi bilan muloqotda ekanligini, har bir muammolarni tezkorlik bilan hal qilishini bilishadi.