Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yo‘l-ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 15-noyabrdan 25-noyabrgacha Sebzor va Nurafshon ko‘chasi kesishmasidan Nurafshon ko‘chasi bo‘ylav yo‘lning bir tomoni qisman yopiladi. Avtotransport vositalarinining harakatlanishi uchun qarama-qarshi yo‘l ochiq bo‘ladi.
Ta’mirdan chiqqan ravon yo‘llarda yo‘l transport hodisasi, shuningdek, mashinalar tirbandligi holatlari kuzatilmaydi degan umiddamiz.