Qirg‘istonning Bishkek shahrida Namangan viloyatida ro‘yxatga olingan o‘zbekistonlik 15 yoshli qiz farzand dunyoga keltirgan. Bu haqda mahalliy nashrlarda xabar berildi.
Shuningdek, Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh ginekologi Raisa Asilbasheva ushbu ma’lumotni tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ruq sezaryen yo‘li bilan amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, boshqa holatlar huquq-tartibot idoralari tomonidan aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.