Oʻzbekistonda benzin narxi haqida maʼlumot beruvchi Telegram-bot ishga tushiriladi


Oʻzbekistonda avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalaridagi benzin narxlari haqida maʼlumot beruvchi Telegram-bot ishga tushiriladi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, isteʼmolchilarning xabardorligini oshirish, jumladan, avtotransport haydovchilariga AYOQShlardagi benzinning chakana narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishda qulaylik yaratish hamda chakana narxlarni nazorat qilish, monitoring oʻrnatish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida «Benzin narxi bot» Telegram-bot joriy etilmoqda.


«Batafsil maʼlumot tez kunlarda OAV hamda rasmiy sahifalarda beriladi», deyiladi qoʻmita xabarida.


Avvalroq, Binzen narhi arzonlashgani, endi 6890 soʻmdan sotilishi haqida xabar bergan edik. Biroq, keyinchalik arzonlashgan AI 80 markali binzenni AYOQShlardan topib boʻlmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.