FVV qutqaruvchilari Samarqand viloyati Urgut tumanidagi kiyim-kechak bozorida sodir boʻlgan yongʻinni bartaraf etdi. Bu haqda FVV axborot xizmati maʼlum qildi.
Bugun, 24 dekabr kuni soat 09:10 da «Mergancha» MFY hududida joylashgan Urgut kiyim-kechak bozorining 6 ta doʻkonida yongʻin sodir boʻldi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasidan 6 ta yongʻin oʻchirish ekipaji zudlik bilan yetib borgan. Yongʻin soat 09:27 da qurshab olinib, 10:14 da toʻliq bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida doʻkonlarning 100 kv.m maydoni yonib zararlangan. FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida voqea sodir boʻlgan joydagi boshqa doʻkonlarga yongʻin oʻtishining oldi olindi.
Yongʻin oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yoʻq, deyiladi xabarda.