Yil boshida gazetalar necha nusxada chop etilmoqda?

Jurnalistikaning buguni va kelajagini iqtisodiy muammolar qa’riga sho‘ng‘ib borayotgan gazeta va jurnallarsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, ularning chop qilinish adadi kundan -kunga kamayib ketayotgan, ayrim nashrlar hattoki, butunlay to‘xtab qolish xavfini sezayotgan bir sharoitda bu zarurat yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

2019-2020 yillarda aholini bosma nashrlarga obuna qilish tizimidagi yangicha yondashuvlar tufayli barcha tahririyatlar moliyaviy muammolarga duch keldi, gazetalar adadi sezilarli tushib ketdi. Quyidagi raqamlarga e’tibor bering:

Yil boshidagi adad ko‘rsatilgan

“Xalq soʻzi”

2018 — 144 165

2019 — 60 129

2020 — 60 552

2021 — 30 673

2022 — 35 742

“Народное слово”

2018 — 33 763

2019 — 13 728

2020 — 14 056

2021 — 8 660

2022 — 10 616

“Yangi Oʻzbekiston”

2021 — 10 887

2021-yil ikkinchi yarmidan — 75 974

2022 — 18 565

“Правда Востока”

2018 – 24 470

2019 – 9 073

2020 – 5 121

2021 – 2 509

2022 – 3 988

“Овози тоҷик”

2018 – 4883

2019 – 1267

2021 – 767

2022 – 667

“Нурлы жол”

2018 – 4 304

2019 – 1 494

2021 – 572

2022 – 375

“Qishloq hayoti”

2018 — 21 130

2019 — 5 834

2020 — 4 917

2021 — 3 798

2022 — hali chop etilmadi

“Oʻzbekiston ovozi”

2018 – 13 830

2019 – 4 315

2020 – 5 100

2021 – 2 312

2021-yil ikkinchi yarmidan – 20 130

2022 – 2 010

“Adolat”

2018 – 8 294

2019 – 3 378

2020 — 1 574

2021 – 2 146

2021-yil ikkinchi yarmidan – 21 394

2022 – 2 175

“XXI asr”

2020 – 3 635

2021 – 3 209

2021-yil ikkinchi yarmidan – 35 026

2022 — 3 091

“Milliy tiklanish”

2020 – 12 931

2021 – 4 699

2021-yil ikkinchi yarmidan – 24 950

2022 — hali chop etilmadi

“Oila va tabiat” (oldingi nomi “Oila davrasida”)

2018 – 7 602

2019 – 900

2020 – 2 000

2021 – 1 259

2021-yil ikkinchi yarmidan – 21 351

2022 — hali chop etilmadi

“Jamiyat”

2018 – 7 074

2019 – 1 500

2020 – 1 555

2021 – 1 514

2022 — hali chop etilmadi

“Ishonch”

2018 – 31 439

2019 – 28 025

2020 – 30 088

2021 – 30 020

2022 – 33 839

“Mahalla”

2018 – 25 651

2019 – 23 841

2020 – 24 300

2021 – 9 025

2022 — 4500

“Vatanparvar”

2018 – 42 246

2019 – 43 983

2020 – 36 971

2021 – 34 606

2022 – 33 552

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”

2018 – 5 085

2019 – 5 661

2020 – 4 916

2021 — 3 104

2022 – 925

Yuqoridagi raqamlarga qarang, gazetalar adadi yildan-yilga kamayib ketyapti. 2022 yil allaqachon boshlanib ketganiga qaramasdan ayrim nashrlarning haligacha chop etilmagani sababi adadi juda kamligi tufayli ekani haqida ham gap-so‘zlar yuribdi. Buning oxiri nima bo‘ladi: ular endi yashab qoladimi, yoki dinozavrlar kabi qirilib ketadimi?

Shu o‘rinda “Taraqqiy” gazetasining birinchi sonida berilgan fikrlarni keltirib o‘tsak: «…hozirda ijtimoi, kalom, matbuot uchun berilgan xarit(xarajat)lar; to‘shak ustida og‘ziga suv tomizilib turgan og‘ir xastadek ekanini tilsiz va ko‘r tabiblar ham tasdiq eturlar»

Darhaqiqat, xalqda “Bo‘zchi belboqqa yolchimaydi” degan gap yuradi. Ko‘plarning muammosini yechishga safarbar qilingan matbuotning o‘zi ham muammolar girdobida qolib ketgan.

Bu mavzuga hali qaytamiz…