SSV navbatdagi tayinlovni e’lon qildi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abdullayeva Muattarxon Ilesovna Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda reproduktiv salomatlik bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

M. Abdullayeva 1997 yil 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlab, o‘z ish faoliyatini Angren shahar shifoxonasida vrach-terapevt sifatida boshlagan. Keyinchalik Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 3-son oilaviy poliklinika bosh shifokori lavozimida mehnat qilgan.

U 2021 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq II darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlangan.Tajribali shifokor 2017 yildan hozirga qadar Yashnobod tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval, Satvaldiyev Nodirjon Abduvaxidovich Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining tibbiy yordamni tashkillashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.