Moskva viloyatining Mitishi shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida 2022- yil 3-may kuni sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari tegishli tashkilotlar vakillari bilan tezkor aloqa o‘rnatdi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in sigareta qoldig‘i o‘chirilmagani natijasida kelib chiqqan.
Xonadon egasi 4-qavatdan sakrab, olgan jarohati natijasida va yana 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi liftda havo yetishmasligi natijasida vafot etgan.
Hozirda ushbu holat nazoratga olingan va vafot etgan yurtdoshlarimiz Rossiya Federatsiyasida rasmiy mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgani sababli ularning jasadlarini Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.