2022 yilning aprel oyida tuxum narxlari mart oyiga nisbatan yaʼni, bir oyda o‘rtacha 0,4 % ga arzonlashgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, tuxum narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 4,2 % ga arzonlashgan.
Tuxum narxlari o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda yaʼni, bir yilda o‘rtacha 0,3 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.