Buxoroda maktab direktori o’quvchini kaltakladi

Buxoro tumanidagi 26-umumtaʼlim maktabining 8-sinf o‘quvchisining otasi qizini maktab direktori kaltaklaganini aytib, murojaat bilan chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi masʼullari tomonidan ishchi guruh tuzilib, tegishli tashkilotlar va huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borildi.


O‘rganishlar jarayonida 8-sinfda tahsil olayotgan o‘quvchi qiz maktabning “Odob-axloq qoidalari”ga rioya qilmaganligi sababli maktab direktori uni jazolash maqsadida kaltaklaganligi aniqlandi.
O‘z vazifasini bajarishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘ygan, o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatishga uringan maktab direktorining xatti-harakatlari yuzasidan IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha tegishli qonuniy choralarni ko‘rishi xabarda takidlangan.