Tabiat mo‘jizalari: Suv ichmaydigan kengurusifat sichqon, suv ustidagi marjon qoyalar…

Insoniyat yashab turgan maskanlarning juda katta qismi shahar markazlariga to‘g‘ri keladi. Shunga muvofiq ravishda o‘simliklar, hayvonlar va boshqa jonzotlarga ko‘pam duch kelavermaymiz. Dunyoning o‘ziga xos tabiiy ekotizimida vaziyat qandayligi, shuningdek bir qancha foydali hamda qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladik.

Dengiz tubidagi marjon qoyalari keng miqyosdagi hayotni qamrab olgan muhim tuzilishga ega borliq hisoblanadi. Hatto ba’zi marjon qoyalariga “Dengizlarning yomg‘ir o‘rmonlari” iborasi qo‘llanadi. Ushbu xususiyatlari tufayli bir qancha hayot tarzining asosini tashkil qiladi. “Yomg‘ir o‘rmonlari” nafaqat dengiz tubida balki zamin ustida ham mavjud. Jumladan, ekvator atrofida mavjud bo‘lgan yomg‘irli o‘rmonlarda havo yilning aksar qismida iliq hamda yog‘ingarchilikda davom etadi.

Bu esa hayvonlarning va o‘simliklarning xilma-xilligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu mintaqalarda hayot kechiradigan jonzotlar faqatgina hayvonlar va o‘simliklardan iborat emas. Ayni paytda bu turdagi o‘rmonlar mikroskopik organizmlar uchun ham eng qulay yashash maskani hisoblanadi. Ushbu tropik yomg‘ir o‘rmonlaridagi o‘simliklar, dunyoning kislorodga bo‘lgan ehtiyojining 40 % ini ta’minlaydi.

O‘rmonlarda hayotini davom ettirayotgan jonzotlar yog‘ingarchilik holatlariga moslashganidek cho‘lda yashovchi jonzotlar ham suvsizlikka chidamli va cho‘l hayotiga moslashgan bo‘lishadi. Xususan, kaktuslar, suvni tejash qobiliyatiga egaligi tufayli va suvsizlikka chidamli bo‘lganligi bois oylab yomg‘ir yog‘masa ham hayotlarini saqlab qola oladilar.

Nevada cho‘lida yashaydigan kengurusifat sichqon umuman suv ichmaydi, chunki bunga ehtiyoji ham yo‘q. Suvga bo‘lgan ehtiyojini o‘zi yegan ozuqalardan oladi va shu bilan kifoyalanadi. Ayrim hududlardagi mavjud o‘tloqlar esa yog‘ingarchilik nisbatan kam joylarda mavjud. Xususan, Afrika va Amerikaning ayrim mintaqalarida uchraydi. Ushbu o‘tloqlar yovvoyi jonzotlar uchun ham ozuqa, ham yashash maskani ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Tundrada esa faqat qish fasli hukmron. Bu hududlar shimoliy va janubiy qutbga yaqin. Okean tubida esa qaynoq hayot mavjud. Okeanlarning tubidagi suv osti vulqonlari xuddi fabrikalardan chiqayotgan tutunlarga o‘xshaydi. Ular issiq suv, gaz va metan kabi kimyoviy moddalardan iborat vulqondir. Ushbu makonlar hayot uchun xavfli bo‘lishiga qaramasdan ayrim jonzotlar bu joylarda yashashni sevadi. Botqoqliklar chuchuk suv, sho‘r suv yoki har ikkisining aralashuvidan hosil bo‘ladi. Botqoqliklar suvda yashovchi bir qancha hayvonlarning va o‘simliklarning uyi hisoblanadi. Baliq, qurbaqa va timsoh singari ayrim jonzotlar tuxum qoldirishi uchun qulay maskan sanaladi.

Shimoldagi o‘rmonlar bir qancha daraxtning ona vatanidir. Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyodagi iqlim sababli ushbu manzillarda ulkan o‘rmonlar barpo bo‘lgan. Bu o‘rmonlardagi daraxtlar yil davomida o‘z yashilligini saqlab qoladi. Buyerlarda ayiq, kirpi kabi hayvonlar yashaydi. Aslida nafaqat yovvoyi tabiatda balki odamlar istiqomat qiladigan joylarda ham ekotizim yetarlicha shakllangan. Aksar hayvonlar o‘zlarining yashash hududlarini odamlar, yo‘llar, binolarga yaqin joylardan tanlaydi. Ayrim katta shaharlarda esa tabiatda hayot o‘z holicha davom etishi uchun yo‘llar yer ostiga quriladi, shuningdek, hayvonlar ham bemalol foydalanishlari uchun tabiiy yo‘llar qoldiriladi.