Oziq-ovqat inqirozi texnologik muammo emas, siyosiy muammo

“Oziq-ovqat masalasidagi muammolarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan texnologiyalar mavjud, endigi masala siyosiy iroda masalasidir”.


Bu so‘zlar may oyida “Yangilanish: Tabiatni yo‘q qilmasdan dunyoni oziq-ovqat bilan ta’minlash” nomli kitob muallifi yozuvchi, muharrir Jorj Monbiotga tegishli.

29 sentyabr “Oziq ovqat isrofi”, 16 oktyabr esa “Dunyo oziq-ovqat” kuni. BMT oziq-ovqat inqirozi masalasida kurashishda hechqaysi davlatning va insonning chetda qolmasligini ta’kidlamoqda. Oxirgi yillarda dunyo bo‘yicha oziq-ovqat narxlarining oshishi tufayli ochlikdan aziyat chekayotganlar soni kundan-kunga ortib boryapti. BMTning Oziq-ovqat va Qishloq Xo‘jaligi Tashkilotining xabar berishicha, 2005 yildan 2014 yilgacha dunyoda ochlar soni 811 milliondan 607 millionga tushdi. Lekin bu raqam 2014 yildan keyin yana osha boshladi, 2022 yilgacha yana 811 millionga chiqdi.

Ochlikdan aziyat chekayotgan odamlarning aksar qismi urush yoki iqlimdagi o‘zgarishlar ta’sirida qolgan hududlarda yashashadi. Yuqoridagi holatlar esa jiddiy global oziq-ovqat muammosi mavjudligiga ishora qiladi.

Iqlim inqiroziga bardosh bera olish holatiga kelish

Ukrainaning ishg‘ol qilinishi sababli Rossiya, mart oyida dunyodagi ayrim o‘lkalarga don eksportini to‘xtatishini e’lon qildi. So‘ngra Hindiston hukumati, bu yil yuqori bug‘doy hosilini kutayotganliklarini va butun dunyoga eksport qilishlari mumkinligini aytdi. 4 hafta o‘tgach esa mintaqada havo haroratining isib ketganligi sabab bug‘doydan kutilgan hosil ololmasliklari hamda eksport qilishga imkon yo‘qligini bildirishdi. Geopolitik inqiroz iqlim o‘zgarishi oqibatlari bilan birlashdi, natijada tahlika yanayam ortishda davom etdi.

Oziq-ovqat qoldiqlarining ko‘pi dehqonchilik va bioyoqilg‘ilardan to‘planadi

BMT ning hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab ishlab chiqarilgan oziq-ovqatlarning yuzdan o‘n yetti foizi isrof qilinadi. Rivojlangan davlatlarda ushbu qoldiqlarning ko‘p qismi dasturxondagi yeguliklardan ortib qolgan qismini tashkil etadi. Monbiotning fikricha, qolgan oziq-ovqat chiqindilari dehqonchilikda foydalaniladigan yem va bioyoqilg‘i mahsulotlarini tashkil qiladi. Monbiot, hayvonlarga berilgan yem miqdorining hayvonlarning insonlarni ta’minlaydigan oziq-ovqat miqdori bilan baravar emasligini, bu esa isrofning yanada ortishiga sabab bo‘lishini ta’kidladi.

“Yoqilg‘i emas oziq-ovqat” nomli hisobotda Yevropada har kuni transportlarga yoqilg‘i yetkazish uchun 15 million non miqdoriga teng oziq-ovqat isrof qilinishi qayd etilgan. “Transport va atrof-muhit” nomli tadqiqot hay’atining ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada bioyoqilg‘idan foydalangan holda oziq-ovqatlar ishlab chiqarilishi uchun 14 million gektar maydondan foydalanilishi aytiladi. Bu esa Gresiya egallab turgan hudud maydonidan ham kattaroq.

Iqlim inqirozi va ochlikning oldini olish uchun vaqt borida oziq-ovqat mahsulotlarimiz tizimini o‘zgartirishimiz lozimligini aytayotgan Monbiotning fikrlari bir qarashda qo‘rqinchli tuyuladi. Uning fikricha, go‘sht va sut mahsulotlaridan ьutunlay voz kechish lozim. Tarixda yashab o‘tgan qadimgi jamiyatlarda ham necha marotalab bunday o‘zgarishlar yuz berganligini iddao qilayotgan Monbiot bugungi dunyo ham bunday o‘zgarishning uddasidan chiqa olishini bildirmoqda.

Dilbar Rajabova