Ustaxona qurish uchun yer olib berishni va’da qilgan rahbar 1000 dollar bilan ushlandi

Qoraqalpog‘istonda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasini qurish uchun yer olib berishni va’da qilgan MMTP rahbari ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal’a tuman bo‘limi va DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi “Q.” MMTP rahbari Q.S. fuqaro F. ning ishonchiga kirib, unga “Qirqqizobod” OFY hududidan avtomobillarga texnik xizmati ko‘rsatish shahobchasini qurish uchun tegishli tashkilotlardan ruxsat olib berishni va’da qilib, 1000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Q.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan