SSV: 20-sentabrdan ommaviy tadbirlar oʻtkazilishiga ruxsat beriladi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, 2021-yil 20-sentyabrdan boshlab mamlakatimizda tomosha, madaniy-koʻngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari), ommaviy tadbirlar va yigʻilishlarni ochiq maydonlar hamda yopiq majmualarda oʻtkazishga ruxsat berildi.

Madaniy-koʻngilochar, ommaviy tadbirlar va yigʻilishlarni oʻtkazishda quyidagi karantin cheklovlariga rioya etish talab qilinadi:

• madaniy-koʻngilochar obyektlar (teatr, kinoteatr, konsert zallari) ishchi va xodimlari hamda ommaviy tadbirlar tashkilotchilari va xizmat koʻrsatuvchilari boʻlgan shaxslar (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qatʼi nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi toʻgʻrisidagi QR-kodli sertifikati mavjud boʻlishi lozim;

• madaniy-koʻngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari faoliyati) va ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda tashrif buyuruvchilar:

– tibbiy niqobda boʻlish;

– antiseptik vositalardan foydalanish;

– kirish joylarida tana haroratini oʻlchash kabi muhim sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etishlari shart.

Shu bilan birga madaniy-koʻngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari faoliyati) va ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlariga faqatgina koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi toʻgʻrisidagi QR-kodli sertifikati mavjud boʻlgan tashrif buyuruvchilarni kiritilishi (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatmalar boʻlgan fuqarolar bundan mustasno) tavsiya etildi.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *