Turizm va sport vazirligi “22 sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi! Vazirlik axborot xizmatining xabar berishicha, tanlovda ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar hamda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
Avtomobilsiz kun aksiyasida ishtirok etib, uning doirasida olingan surat va videolarni quyidagi heshteglaridan foydalangan holda ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Facyebook, Twitter, Tik-Tok, Telegram)da joylagan hamda eng ko‘p ko‘rilgan postlar egalari velosiped va sport ekipirovkalarini qo‘lga kiritadi:
#carfreeday_uzbekistan #shaxsiynamunakursat #avtomobilsizbirkun
Bunda 5 nafar birinchi o‘rin egalari – velosiped, 5 nafar ikkinchi o‘rin egalari sport ekipirovkalari bilan mukofotlanadi.
Shu bilan birga, avtomobilsiz kun aksiyasini eng faol targ‘ib qilgan 5 nafar ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar velosiped bilan mukofotlanadi.
Gʻoliblarga mukofotlar 27 sentyabr – Butunjahon turizm kuni Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Avtomobilsiz kun aksiyasini o‘tkazishdan maqsad mamlakatimiz aholisi o‘rtasida ekologik madaniyat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yo‘l harakati xafsizligini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan.