Arkadag‘ Turkmaniston mustaqilligiga atab 65 kitobini yozdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yana bir yangi kitobini yozib tugatdi.
Ushbu yangi «shedevr»ning nomi “Mustaqillik – baxtimiz» deb nomlangan bo‘lib, davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan.
Asar haqida muallifining o‘zi shunday deydi:
— Kitobda jahon hamjamiyatining barcha a’zolarini birlashtirishga qaratilgan yuksak maqsadlarni yanada amalga oshirish imkoniyatlari har tomonlama tahlil qilingan. Bu kitobxonlarga tinchlik, taraqqiyot va butun insoniyat uchun porloq kelajak uchun xalqlarni birlashtiruvchi g‘oyalarning abadiy ahamiyatini ochib beradi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Turkmaniston prezidenti hamda vazirlari respublika mustaqilligiga o‘ttiz yil to‘lgani munosabati bilan bir-biriga orden va medallar topshirishgan edi.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan