Koronavirus: kecha yurtimizda yana 500 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi

2021 yil 30 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 174408 (+513) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘likni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:
• 20 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 14 nafari Andijon viloyatida,
• 12 nafari Buxoro viloyatida,
• 10 nafari Jizzax viloyatida,
• 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 4 nafari Navoiy viloyatida,
• 13 nafari Namangan viloyatida,
• 37 nafari Samarqand viloyatida,
• 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 31 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 15 nafari Xorazm viloyatida,
• 104 nafari Toshkent viloyatida,
• 223 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23 nafar,
• Andijon viloyatida 18 nafar,
• Buxoro viloyatida 12 nafar,
• Jizzax viloyatida 12 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
• Navoiy viloyatida 6 nafar,
• Namangan viloyatida 18 nafar,
• Samarqand viloyatida 36 nafar,
• Sirdaryo viloyatida 23 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 7 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 35 nafar,
• Xorazm viloyatida 17 nafar,
• Toshkent viloyatida 104 nafar,
• Toshkent shahrida 175 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 169371 (+496) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1242 nafarni tashkil qildi.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan