Farg‘onada bir oila 5 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini asrab oldi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 31 iyul kungi 158 sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oilaviy bolalar uyi to‘g‘risida”gi Nizomning 8 bandiga asosan tumandagi Vatan m.f.y. Gulshan ko‘chasi, 22 uyda yashovchi fuqarolar Zokirov Elyorjon Shokirboyevich va uning turmush o‘rtog‘i Zokirova Sanobarxon Mo‘minovnalar oilasi Marg‘ilon shahrida joylashgan 1 Mehribonlik uyidan 4 nafar o‘g‘il va 1 nafar qiz jami 5 nafar tarbiyalanuvchilarni olib, “Mustaqil oilam kelajagim poydevori” nomli oilaviy bolalar uyini tashkil etdi.

Shuning bilan bu kabi Oilaviy bolalar uyi Farg‘ona viloyatida beshtaga yetti.