Navbatdagi murojaat Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi Muxtorov Saidjon tomonidan yuborildi.
Tadbirkorni aytishicha 2014-yilda tenderda qatnashib, bogʻdorchilik uchun yer maydonini 49 yilga ijaraga foydalanish huquqini yutib olgan. Maqsadi bu yerda Pavloniya va Yongʻoq daraxlaridan bogʻ barpo etish boʻlgan.
Hudud sobiq kimyo zavodi boʻlgani sababli chiqindilarni olib chiqib tashlash, yerni tindirish uchun maʼlum bir muddat oʻtgan.
Tadbirkoni aytishicha avtolizingga maxsus texnikalar sotib olgan, 4 nafar ishchisi bor.
Soliqlarni vaqtida toʻlab kelmoqda.
Shuningdek 2021 yilning aprel oyidan buyon viloyat Manaviyat va marifat boshqarmasiga ( mirojaatchi tilidan) 52 500 000 soʻmlik homiylik mablagʻlarini oʻtkazib bergan.
Shu yilning 10-noyabr sanasidan boshlab tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliyev noqonuniy tarzda tadbirkor faoliyatiga toʻsqinlik qilib, maxsus qorovul qoʻyib, ish faoliyatini toʻtatib qoʻygan.
Tadbirkor bunday harakatlarga izoh soʻraganida, tuman hokimi bu talab viloyat hokimining oʻrinbosari Alibek Tursunovning buyrugʻi ekanligi, agar yaxshilikcha yerni topshirmasa, jismoniy kuch ishlatishlarini aytgan.
Tadbirkorni aytishicha bu yerga koʻz tikish holati birinchisi emas.
1 yil avval tuman hokimi tadbirkorni noqonuniy tarzda chiqarib tashlab, boshqa tadbirkorga hech qanday qarorsiz berib yuborgan. Tadbirkor ikki marta sudda yutib chiqib, egalik huquqini qayta tiklab olgan.
Paradoks xolat.
Nega bizda boshqaruv tizimida shaxslar qonunlardan ustun turaveradi?
Avvalgi hokim shu joyni ajratish haqida qaror chiqarib bergan boʻlsa, nega yangi boʻlgan hokim yoki kattaroq bir amaldorga yer kerak boʻlsa, avvalgi qarorni bekor qilib tashlayverishadi?
Murojaat egasining gaplariga ishoniladigan boʻlsa, viloyat hokimining oʻrinbosarida yoki tuman hokimida mana shunday – tadbirkorga bosim oʻtkazib, shaxsiy manfaat yoʻlida, hech qanday sud hukmisiz faoliyatiga toʻsqinlik qilishi mumkinmi?