Navoiy viloyati prokuraturasi viloyatdagi konda 5 kishini qum bosib, halok bo‘lgan holati yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
Jumladan, munosabatda: 2021 yil 23 dekabr kuni soat 23:30 larda Konimex tumanning “Karakata” OFY hududida joylashgan “Lolazor” tashlandiq tilla qumi qazib olish koniga Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi fuqarolar A.T, U.A, O.Yo, Sh.I, T.M, Z.O, F.R F.R va G‘ijduvon tumanida yashovchi J.Nlar bilan birgalikda tilla qumlarini qazish maqsadida borishib, taxminan 25-30 metr chuqurlikdagi kondan qum kovlashayotgan vaqtida fuqarolar A.T, U.A, J.N F.R va F.Rlarni qum bosib qolib, voqea joyida vafot etishganligi maʼlum qilingan.
Shu kunning o‘zida maxsus texnika vositalari va qo‘l kuchi yordamida murdalarni tuproq ostidan kovlab olish ishlari boshlanib, joriy yilning 03 yanvar kuni 30 metr chuqurlikdan A.T, U.A, F.R, J.N va F.Rlarning murdalari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Konimex tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kondagi holat haqida avvalroq xabar bergandik.