“Oqila ayollar” harakatini tashkil qilinadi

Davlatimiz rahbari obro‘-e’tiborli, katta hayotiy tajribaga ega “Oqila ayollar” harakatini tashkil qilishni taklif etdi.

“Bu harakat tom ma’noda “mahallaning vijdoni”ga aylanishi kerak. Chunki, ma’rifatli jamiyatni ma’rifatli onalarsiz qurib bo‘lmaydi.

Biz Uchinchi Renessans poydevorini qurish, jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratish haqida gapirar ekanmiz, bu ishlarni oila, onalar ma’naviyati bilan uzviy amalga oshirishimiz zarur.

Hech bir ona farzandining kelgusida baxtsiz bo‘lishini istamaydi.

Shu ma’noda, men muhtarama onalarimizga murojaat qilmoqchiman. Bugun biz Vatanning shon-shuhratini yuksaltiradigan tarixiy davrga qadam qo‘ydik.

Shuning uchun, sizlar farzandingizning qalbiga ulug‘ maqsadlarni, ezgu g‘oyalarni singdiring, buyuk orzularni joylashga intiling.

Onalarimiz yuksak fazilatli, mard, jasur farzandlarni tarbiyalab bersa, biz ularni zamonaviy maktab va oliygohlarda kamolga yetkazamiz.

Maqsadimiz – har bir oila, xonadon va mahalla mana shu ulug‘ harakatning markaziga aylansin”, dedi Prezident.