Shamol ko‘pqavatli uylar tomini uchirib ketdi

2022-yil 5-mart kuni Resrublikamizda yuzaga kelgan kuchli shamol natijasida ayrim viloyatlardagi binolarning tom qismi yerga tushgan. Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan: soat 05:30da Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar “Vatanparvar” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyning taxminan 120 m.kv, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan Stomatologiya binosining 100 m.kv, Do‘stlik MFYda joylashag ko‘p qavatli uyning 250-300 m.kv;

soat 08:10da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar A.Do‘snazarov ko‘chasida joylashgan uyning 350 m.kv;

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 8-mitti tuman A.Navoiy ko‘chasida joylashgan uyning 100 m.kv maydonda tom qismlari shamol natijasida yerga tushgan.