Polsha chegarasida uch nafar yurtoshimiz avtohalokatga uchradi, ulardan biri vafot etgan

Lvov shahridan Polsha chegarasi tomon harakatlanayotgan, ichida 3 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtomobil avtohalokatga uchradi. Bu haqda O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi xabar bermoqda.

Avtohalokat oqibatida 1 nafar yurtdoshimiz halok bo‘lgan, 2 nafari Lvov shahridagi Topolnaya kasalxonasiga joylashtirilgan. Ushbu yigitlarning hol-ahvoli, dori-darmoni nazorat ostida ekani ma’lum qilingan.

“Lvovdan Polsha chegarasi tomon ketayotgan uch o‘zbekistonlik — O.H., B.H. va Sh.S. (uchalasi ham 2001 yilda tug‘ilgan) avtohalokatga uchradi. YTH oqibatida O.H. halok bo‘lgan, B.H. va Sh.S. Lvovdagi Topolnaya kasalxonasiga joylashtirilgan, ularning ahvoli, dori ta’minoti nazorat ostida”—deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi avtohalokatga uchragan yigitlarning yaqinlariga mazkur vaziyat nazorat ostida ekani haqida ma’lum qilgan, shuningdek, avtohalokat qurboni bo‘lgan 1 nafar yurtdoshimizni O‘zbekistonga yuborishda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.