Oʻzbekiston eng arzon benzinga ega davlatlar oʻrtasida nechanchi oʻrinda?

O‘zbekiston eng arzon benzinga ega davlatlar reytingida 34-o‘rinni egalladi. Bu haqda «GlobalPetrolPrices» portali  e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, ro‘yxatdan 170 ta davlat o‘rin olgan. Portalga ko‘ra, boy mamlakatlarda narxlar yuqori bo‘lsa, qashshoq hamda neft ishlab chiqarib, eksport qiluvchi mamlakatlarda narxlar sezilarli darajada past bo‘ladi. Eng arzon benzin Venesuelada — bir litr uchun 0,025 dollar. Ko‘rsatkich Rossiyada 0, 431 dollar va Iroqda 0,514 dollar bo‘lgan. Qozog‘iston 1 litr uchun 0,393 dollar bilan 8-o‘rinni qayd etgan. Turkmanistonda benzin 0,428 dollar (10-o‘rin), Qirg‘izistonda 0,634 dollar, Afg‘onistonda 0,907 dollarga (37-o‘rin) baholangan.

O‘zbekistonda 1 litr benzin narxi 0,883 dollarga baholangan. Dunyo bo‘ylab benzinning o‘rtacha narxi 1 litr uchun 1,32 dollarni tashkil qilgan.