O‘zbekistonda 12 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi


«O‘zgidromet» 12 aprel kuni respublika bo‘ylab qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 23–28 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 24–29 daraja bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 24–29 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 29–34 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 24–29 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 17–22 daraja bo‘ladi.