Spark xatlangach, qarzdor 101,5 mln. so‘m qarzini to‘ladi. Bu haqda MIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Byuroning Qo‘shtepa tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan FIB Marg‘ilon tumanlararo sudining 21.02.2022 yilgi qaroriga asosan qarzdor S.K.dan undiruvchi A.I foydasiga 101.488.180 so‘m qarzni undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ixtiyoriy muddatda sud qarori ijrosini ta’minlash lozimligi haqida ogoxlantirilgan.
Lekin, qarzdor mavjud qarzdorlikni bartaraf etish chorasini ko‘rmagach, byuro tomonidan majburiy ijro xarakatlari o‘tkazilishi natijasida, qarzdorga tegishli bo‘lgan Spark avtomashinasi borligi aniqlanib, 21.04.2022 yil kuni xatlangan va jarima maydoniga olib kirilgan.
Xatlangan mulkni savdoga qo‘yish choralari ko‘rilayotgan vaqtda 26.04.2022 yil kuni qarzdor S.K.dan 101.488.180 so‘m qarzini to‘liq to‘ladi, undirilan mablag‘ undiruvchi A.I. ga tilxat asosida topshirilib, qarzdorga Spark avmashinasi qaytarib berildi.