Navoiy viloyatida bir qancha shahar va tumanlarga hokim tayinlandi.
Raxmanov Nazirbek Zarafshon shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar N.Raxmanov «Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi» davlat muassasasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Egamqulov Muratxan Navoiy shahar hokimi etib tayinlandi. U bungacha Konimex tumani hokimi bo‘lgan.
Ro‘ziyev Ruslan Konimex tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar Navoiy viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘roqov Azamat Navbahor tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar Navoiy viloyati mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.